Afg‘onistonda yuz nafar “Tolibon” a’zolari qamoqdan ozod qilindi

Afg‘oniston hukumati prezident farmoniga ko‘ra qamoqxonalardan birinchi guruhi - 100 nafar “Tolibon” a’zolarini ozod qildi.
Sputnik

TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Afg‘oniston hukumati 100 nafar “Tolibon”* a’zolarini ozod qildi.

Afg‘onistonda NATO aviabazasi raketalar bilan o‘qqa tutildi

TOLOnews xabar qilishicha, mamlakat prezidenti Ashraf G‘anining farmoniga asosan hukumat “Tolibon” harakati a’zolarini ozod qildi.

Ozod qilishda ularning yoshi, sog‘lig‘i va jazoni o‘tash muddati inobatga olindi.

Ozod qilinganlar ro‘yxati avval “Tolibon” va Afg‘oniston hukumati vakillari uchrashuvida muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi oxirida Qatarda AQSh va “Tolibon” tinchlik bitimini imzolashgandi. Bu bitimi Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlarini olib chiqish va afg‘onlararo muzokaralar boshlanishini ko‘zda tutadi.

“Tolibon” a’zolarining asirlar va ozodlikdan mahrum etilgandan so‘ng bu muzokaralar boshlanishi kerak.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot