Marsda hayot borligining yangi dalillari topildi

Yaponiyalik olimlarning yangi tadqiqotlari qizil sayyorada hayot haqiqatan ham mavjud bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.
Sputnik

TOShKENT, 8 apr -  Sputnik. Yaponiyalik olimlarning yangi tadqiqotlari Marsda hayot haqiqatan ham mavjud bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Bu haqda  Sputnik  radiosi "Planeta novosti" portaliga tayangan holda xabar qildi.

Ertaga Yerga xavfli ulkan asteroid yaqinlashadi

Mutaxassislar Jahon okeani tubida va qattiq qoyada hayot mavjudligini o‘rganishganida bu joylarda turli xil mikroorganizmlarni topdilar. Dengiz tubining vulqon jinslar Mars sayyorasi sharoitlariga juda o‘xshash. Bu olimlarga qizil sayyorada hayot mavjudligi ehtimoli katta deb taxmin qilish imkonini berdi.

Mutaxassislarning o‘rganish natijalari "Mikroorganizmlarning aloqalari" ilmiy maqolasida keltirilgan. Yaqin kelajakda bir guruh olimlar NASA kosmik markazi bilan hamkorlik qiladilar. Ular Marsda toshlarni xuddi shunday sinovdan o‘tkazishni rejalashtirmoqdalar.

Tadqiqotchilardan biri Yohe Sudzuki Marsda hayot tez orada topilishiga ishonch bildirdi. Agar bu sodir bo‘lmasa, demak, hayot butunlay boshqa omillarga, masalan, tektonik plitalarning harakatiga bog‘liqligini ko‘rsatadi.