Rossiya dunyodagi eng qudratli qurollardan birini modernizatsiya qilishni yakunladi

Rossiyada dunyodagi eng qudratli 2S7M "Malka" o‘ziyurar artilleriya qurolining modernizatsiyasi yakunlandi.
Sputnik

TOShKENT, 7 apr - Sputnik. Dunyodagi eng qudratli 2S7M "Malka" o‘ziyurar artilleriya qurolning modernizatsiyasi yakunlandi. Birinchi namunasi qo‘shinlarga yuborilishga tayyor. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

 O‘ziyurar (samoxod) artilleriya uskunasining takomillashtirish bilan konsern tarkibiga kiruvchi "Uraltransmash" shug‘ullandi.

Ish jarayonida "Malka" uzatma qutilari, tarqatish mexanizmlari va energiya ta’minoti agregatlari, kuzatuv moslamalari almashtirildi, ichki aloqa va radiostansiya  uskunalari yangilandi. Shuningdek, import butlovchi qismlarni mahalliy qismlarga almashtirish amalga oshirildi.

"Modernizatsiya yordamida yurish xususiyatlari, manyovr va harakatchanlik, qo‘mondonlik nazorati va qurolning barcha asosiy xususiyatlari yaxshilandi", - deya ma’lum qilgan “Uralvagonzavod” matbuot xizmati.

Xitoy OAVlari Rossiyaning yangi qurolini "AQSh va NATOning dahshatli tushi" deya aytishdi

Konsernning ta’kidlashicha, qurol to‘liq sikldan muvaffaqiyatli o‘tdi, uning davomida harakatchanlik, shassi, motor qismi hususiyatlari tekshirildi. Bundan tashqari, sinovlar davomida yuklash mexanizmlarining mustahkamligi, 2A44 zambaragi va o‘t ochishni boshqarish tizimining mustahkamligi tekshirildi.

"Birinchi namuna Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlariga yuborishga tayyor, korxona esa "Malka" 2S7M o‘zi yurar artilleriya qurollarini seriyali modernizatsiya qilishga tayyor", - deyilgan xabarda.

2S7M "Malka" - 1980-yillarda yaratilgan, 2S7 "Pion" qurolining zamonaviylashtirilgan variantidir va hamon dunyodagi eng kuchli qurollardan biri hisoblanadi. 2C7 quroli 203 mm zambarak bilan qurollangan. U 1975-yilda qabul qilingan va 1983-yilda birinchi bor modernizatsiya qilingan. Uskuna front chizig‘i ortidagi taktik mudofaa ichkariligida joylashgan dushmanning muhim nishonlarni va obyektlarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan.

O‘ziyurar artilleriya uskunalari fugas-parchalanadigan snaradlari, shuningdek, faol-reaktiv snaradlari bilan o‘t ochishi mumkin. Biroq, ushbu qurolning asosiy ustunligi – beton-yoruvchi va kimoviy snaradlardan hamda yadroviy zaradga ega bo‘lgan maxsus snaradlardan foydalanish qobiliyatidir.