O‘zbekiston va YeOII

Pandemiya O‘zbekistonning qo‘shnilar bilan integratsiyani tezlashtirdi – Kuzmina

Yelena Kuzminaning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonning bir qator muhim tovarlarga bojlarning bekor qilinishi – bu mamlakatning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari bilan izchil yaqinlashish yo‘lidagi yana bir qadamdir.
Sputnik

E.M.Primakov nomidagi postsovet tadqiqotlar markazi (IMEMO RAN) sektor rahbari Yelena Kuzmina ta’kidlashicha, O‘zbekiston yaqinda jahon iqtisodiyotiga jadal qo‘shilishni boshladi, hozir tashqi savdo siyosati takomillashtirilmoqda. Koronavirus pandemiyasi bu jarayonlarni tezlashtirdi. 

Mishustin YeOIIning asosiy maqsadi haqida gapirdi

“O‘zbekiston qo‘shnilar, shu jumladan YeOII davlatlari bilan yanada faol hamkorlik qiladi. Hozircha respublika YeOII ishida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani ma’lum. Ehtimol, alohida tovar bozorlari bo‘yicha ba’zi shartnomalar tuziladi. Hozir aytish qiyin: qaror hali qabul qilinmagan”, - dedi Kuzmina Sputnik O‘zbekiston radio efirida.

Rossiya, Qozog‘iston va Xitoy O‘zbekistonning uchta yirik savdo sherigi hisoblanadi. Shunda, XXR bilan solishtirganda Rossiya va Qozog‘iston bilan savdo hajmi ko‘proq.

“Bozor diversifikatsiya qilingan, asosiy sheriklar barqaror hamkorlik qilmoqda, shuning uchun savdo uchun yanada qulay sharoitlar muhim”, - deydi ekspert.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston dori, tibbiy mahsulot, tibbiy asbob-uskunalar, ularni ishlab chiqarish uchun xomashyo va materialar bojxona to‘lovlaridan ozod etildi.