Nyu-Yorkda yana bir o‘zbekistonlik koronavirusdan vafot etdi

22-mart kuni unda kasallikning birinchi alomatlari qayd etilgan. Uning sog‘lig‘i keskin yomonlashishi munosabati bilan u kasalxonaga yotqizilgan.
Sputnik

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. 6-aprel kuni O‘zbekiston fuqarosi R.X. koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish natijasida mahalliy klinikada vafot etdi. Bu haqda TIV O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi bosh konsulxonasi ma’lumotlariga tayangan holda xabar qildi.

Viloyatlarda kasallanganlar soni ma’lum qilindi

22-mart kuni 1969-yilda tug‘ilgan fuqaroda kunikasallikning birinchi alomatlari qayd etilgan edi. Uning sog‘lig‘i keskin yomonlashishi munosabati bilan 2-aprel kuni u kasalxonaga yotqizilib, o‘pkaning sun’iy nafas olish apparatiga ulangan va sun’iy komaga tushirilgan.

Ushbu davrda bosh konsulxona uning qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turdi.

Hozirgi paytda bosh konsulxona diasporal tashkilotlari rahbarlari va faollari bilan birgalikda uning dafn marosimi bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nyu-Yorkda ikki o‘zbekistonlik COVID-19 dan vafot etgani xabar qilingan edi.