Eronda mashhur masjid niqob tikish fabrikasiga aylantirildi - foto

Eronda masjid niqob tikish fabrikasiga aylantirildi. Hukumat koronavirus infeksiyasidan himoya vositalariga talab oshgani sababli bunday qarorga keldi.
Sputnik

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Eronda mashhur Shoh-Cherax masjidi niqob tikish fabrikasiga vaqtincha aylantirildi. Bu haqda Iran Front Page nashri xabar qildi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli masjid uzoq vaqt yopiq bo‘lgan. Hukumat koronavirus infeksiyasidan himoya vositalariga talab oshgani tufayli bunday qarorga keldi.

Masjidga stol va tikuv mashinalari o‘rnatildi. Niqoblarni tayyorlash ishlariga  “Basij” harakati faollari jalb qilindi. Ayollar bu yerda ikki hafta davomida mehnat qilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Masjidning boshqa binosida rezina qo‘lqoplarni tayyorlash bo‘yicha kichik sex tashkil qilindi.

Bugungi kunda Eronda 58 mingdan ortiq kishi bu virusga chalingan, 3603 kishi vafot etgan.