O‘zbekistonda koronavirusni davolashda qanday preparat samara bermoqda

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i O‘zbekistonda koronavirusni davolashda qanday preparat samara berayotganini aytdi.
Sputnik

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusni davolashda bezgakka qarshi ishlatiladigan dorilardan foydalanish samara bermoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Brifing davomida undan koronavirusni davolashda bezgakka qarshi preparat sinab ko‘rilgani va samarasi ijobiy natija bergani haqidagi xabar qanchalik haqiqatga to‘g‘ri kelishi so‘raldi.

“Ha, bu rost va to‘g‘ri ma’lumot. Koronavirusni davolashda bezgakka qarshi ishlatiladigan dorilardan foydalanish samara bermoqda. O‘zbekiston hududida ham aynan mana shu davolash tartibi qo‘llanilmoqda”, - dedi Otabekov AOKAdagi brifingda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda bemorlarni davolash jarayonida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga, ijobiy natijalar bergan davolash usullariga, har bir sohaning tajribali mutaxassislari fikriga tayanib ish tutiladi.

Rossiyada koronavirusni davolovchi preparat taqdim etildi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus tasdiqlangan holatlar 390 taga yetgan. 30 kishi esa ushbu kasallikdan butunlay sog‘ayib ketgan.