O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyadan olib ketish masalasi 20-aprelgacha qoldirilgan

Elchixona vatanga qaytish istagini bildirgan O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyadan olib ketish masalasi 20-aprelga qadar qoldirilganini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Vatanga qaytish istagini bildirgan O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyadan olib ketish masalasi 20-aprelga qadar qoldirilgan. Bu haqda RIA Novosti mamlakatning Moskvadagi elchixonasiga tayangan holda xabar qilmoqda.

“Hozircha yo‘q, 20-aprelni kutapmiz”, - deya javob bergan elchixona vakili fuqarolarni O‘zbekistonga olib ketish maxsus reysi sanasi belgilanganmi degan savolga.

Elchixona O‘zbekistonda 2020-yilning 20-mart kunidan e’tiboran xalqaro yo‘nalishlarda avtobus, yengil avtomobil, temir yo‘l va havo transportlari orqali yo‘lovchi tashuvlari 40 kun muddatga to‘xtatilganini eslatib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvada yashashga imkoni bo‘lmagan 160 ga yaqin o‘zbekistonliklar navbatdagi charter reyslari tashkil etilgunga qadar yotoqxonaga joylashtirilgani xabar qilingan edi.