O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana oshdi

Test na koronavirus
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 397 nafarni tashkil etmoqda - Cog‘liqni saqlash vazirligi.
Sputnik

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekistonda yana yetti kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar soni 397taga yetdi, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Meditsinskaya sestra podgotavlivayet lekarstvennie preparati
O‘zbekistonda koronavirusni davolashda qanday preparat samara bermoqda

Bugun, 6-aprel kuni bemorlar soni 55 kishiga ortdi. Kecha esa 76 kishida virus tasdiqlangan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus aniqlangan hududlar soni 10 taga yetgan – 5-aprelda Qoraqalpog‘istonda ham dastlabki bemorlar aniqlandi.

Ayni paytgacha 30 kishi sog‘aydi. Qurbonlar – 2 nafar: 72 yoshli namanganlik ayol va Toshkentda yashagan 39 yoshli shifokor.

Shuningdek, 6-aprel kuni TIV Nyu-Yorkda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etganini tasdiqladi. Bu xorijdagi o‘zbekistonliklar orasida koronavirusdan dastlabki o‘lim holatlari bo‘ldi.