Farg‘onada ayol homilasi bilan tug‘ruq jarayonida vafot etdi

Farg‘ona viloyatidagi Yozyovon tuman tibbiyot birlashmasining Tug‘ruq bo‘limida ayol 39 haftalik homilasi bilan tug‘ruq jarayonida vafot etdi.
Sputnik

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Farg‘ona viloyati, Yozyovon tuman, Qatortol mahalla fuqarolar yig‘ini, Hamza ko‘chasida yashagan, 18.07.1987 yilda tug‘ilgan, Nodira Sh. Yozyovon tuman tibbiyot birlashmasining Tug‘ruq bo‘limida 39 haftalik homilasi bilan tug‘ruq jarayonida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Qo‘qonda COVID-19 haqida yolg‘on xabar tarqatgan deputatga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Xabarda aytilishicha, Nodira Sh.ning 39 haftalik homilasi bilan tug‘ruq jarayonida vafot etganligi holatida JKning 116-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari mavjudligi, ushbu holat yuzasidan boshqa bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan turib, qonuniy to‘xtamga kelish imkoniyati yo‘qligini inobatga olib, mazkur holat yuzasidan 04.04.2020 yil kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘tgan haftada ijtimoiy tarmoqlarda “Puli yo‘q odamlarni mensimaslikmi bu? Raddomga olib kelingan homilador ayolni tug‘ishiga hech qaysi Doktor yordam bermadi! Natijada esa ayol va tug‘ilmagan farzandi raddomda vafot etdi. (Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumani.)”, - degan video tarqaldi.