Boris Jonson o‘pka sun’iy ventilyatsiyasi apparatiga ulanadi

Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirus yuqtirgani haqida oldinroq xabar qilingan edi. Bugun uning ahvoli og‘irlashgani ma’lum qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 6 apr - Sputnik. Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonda o‘pka sun’iy ventilyatsiyasiga o‘tkazidi, deb xabar beradi RIA Novosti Angliya milliy sog‘liqni saqlash tizimi rahbariyatiga yaqin manbaga tayanib.

"Jonson kasalxonaga shoshilinch yotqizildi, unga o‘pka sun’iy ventilyatsiya  o‘tkaziladi", - dedi manba.

Avvalroq, Bosh vazirning rasmiy vakili koronavirus tashxisi qo‘yilgan va sog‘lig‘i yomon holatda bo‘lgan Jonson baland isitma va yo‘tali o‘tib ketmayotganligi sababli, davolovchi shifokorining tavsiyasi bilan kasalxonaga yetkazilganini aytgan. Shu bilan birga, Dauning-stritda ta’kidlanishicha, Jonson hukumatni boshqarishda davom etmoqda va vazirlar mahkamasi bilan aloqada qolmoqda.

Boris Jonsonda koronavirus infeksiyasi aniqlandi

Boris Jonsonning COVID-19 virusini yuqtirganligi 27-mart kuni e’lon qilindi. Kasal bo‘lishiga qaramay, u Britaniya hukumatini boshqarishda davom etmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda bir milliondan ortiq COVID-19 bilan kasallanganlar qayd etilgan, 62 mingdan ortiq odam vafot etgan. BSST ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada qariyb 42 ming odam yuqtirilgan, 4,3 ming kishi vafot etgan. Rossiyada kasallikning 5389 holati qayd etildi.

O‘zbeksitonda kasallanganlar soni 390 kishiga yetdi. Davolanganlar 30 kishi, vafot etganlar 2 kishini tashkil qilmoqda.