AQShda urg‘ochi yo‘lbars “tojli dushmanga” uchradi

AQShda urg‘ochi yo‘lbars koronavirus yuqtirib oldi. Yo‘lbarsda quruq yo‘tal paydo bo‘ldi. Keyinchalik bu alomatlar boshqa yo‘lbarsda paydo bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 6 apr — Sputnik. AQShda koronavirus odamdan hayvonga o‘tishi birinchi holati aniqlandi.

"Azaliy orzu": Qozog‘istonda erkak va ayollar sochini “kal”ga olmoqda - foto

Nyu-Yorkda Bronks hayvonot bog‘ida to‘rt yoshli Malay urg‘ochi yo‘lbarsida virus aniqlandi. Bu haqda Yovvoiy tabiatni himoya qilish jamiyati (WCS) xabar qildi.

Yo‘lbarsda quruq yo‘tal paydo bo‘ldi. Veterinariya xodimlari yirtqichdan tahlil oldilar va unda koronavirus borligi ma’lum bo‘ldi.

Taxminlarga ko‘ra, bu virus hayvonot bog‘i ishchisidan yo‘lbarsga yuqqan. Chunki o‘sha vaqtda xodimda COVID-19 alomatlari bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, yana bir urg‘uchi yo‘lbars, ikki amur yo‘lbarsi va uch Afrika sherida ham quruq yo‘tal va ishtaha yo‘qligi kuzatilmoqda.

Kasallikka qaramasdan yaqin vaqtlarda bemor hayvonlar sog‘ayib ketadi, deya ishontirishdi hayvonot bog‘i xodimlari.

Hayvonlar yangi turdagi virusga uchrashi birinchi holati emas. Yaqinda Gonkongda mushukda COVID-19  qayd etilgan. Shuningdek, bu shaharda yana ikki kuchukda bu infeksiya aniqlandi. Bundan tashqari, Italiyadan Belgiyaga olib kelingan mushukda ham kasallik alomatlari paydo bo‘ldi. Keyichalik mushukning egasi COVID-19 yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi.