MDH mamlakatlarida vaziyat turlicha. Estoniya. Ukraina va Armanistonda vaziyat og‘irroq. Litva, Moldova, Latviya, Qozog‘iston va Ozarbayjonda kassallanganlar soni 400 dan ziyod.
Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 45-aprel holatiga O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 298 nafarni tashkil etmoqda. Ikki kishi ushbu kasallikdan vafot etdi, 25 kishi butunlay sog‘ayib ketishga muvaffaq bo‘ldi.
Joriy yilning 6-aprelidan COVID-19 tufayli o‘zini yakkalash hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etiladi.
Avtomobillar bilan bir qatorda O‘zbekistonda skuter va velosipedda ham harakatlanish vaqtincha cheklandi.
MDH shaharlari koronavirus tufayli qanday o‘zgargani Sputnik videolavhasida.