Pentagon Nyu-Yorkka harbiy dafn brigadasini tashladi

Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, shtatda bir sutkada koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni 100 mingdan oshgan va 102 863taga yetgan, qurbonlar soni 2373dan 2935taga oshgan.
Sputnik

TOShKENT, 4 apr - Sputnik. AQSh Mudofaa vazirligi hukumat iltimosnomasiga ko‘ra, Nyu-Yorkka dafn brigadasini yubordi, deb xabar qildi FreeTVOnline.

Tramp Xitoy yetakchisi bilan koronavirus epidemiyasini muhokama qildi

Brigada 42 askardan iborat, ular koronavirusdan vafot etgan odamlarni ko‘mish va krematsiya qilishda yordam berishi ta’kidlanmoqda.

Qo‘shimcha armiya kuchlari boshqa regionlarga ham tashlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha, 3-aprel kuni Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, shtatda bir sutkada koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar soni 100 mingdan oshgan va 102 863taga yetgan, qurbonlar soni 2373dan 2935taga oshgan. 

AQShdagi epidemiya epimarkazi aynan Nyu-Yorkda kuzatilmoqda.

Gubernator shuningdek, 14 810 kishi kasalxonaga yotqizilgani, 3731 bemor jonlantirish bo‘limida yotgani va 8886tasiga kasalxonadan javob berilgani haqida ma’lum qilgan.