Nazarboyevning matbuot-kotibi uning sog‘lig‘i haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev betob emas, degan bayonot bilan chiqdi uning matbuot-kotibi Aydos Ukiboy, deb xabar bermoqda Sputnik Qozog‘iston.
Sputnik

TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning o‘limi haqidagi mish-mishlar bu provokatsiya, dedi Nazarboyevning matbuot-kotibi Aydos Ukiboy.

XVF jahon iqtisodiyoti to‘xtaganini ma’lum qildi

"Biz hech qachon mish-mishlarga izoh bermaganmiz. Ammo oxirgi vaqtlarda ayrim shaxslar mamlakatdagi vaziyatni izdan chiqarish uchun faol harakatlarni boshlab yubordi, xususan, ular Yelbasi sog‘lig‘i haqida haqiqatga mutlaqo zid bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmoqdalar. Bularning barchasi - fitna va yolg‘on. Ishontirib aytamanki, Nursulton Nazarboyev butkul sog‘lom va hatto karantin sharoitida ham vatan ravnaqi uchun mehnat qilishda davom etmoqda", - degan Ukiboy.

U shuningdek, Nazarboyev 3-aprel kuni viloyat va shahar hokimlari bilan muloqot qilganini eslatib o‘tgan. Ular regionlardagi vaziyatni va qozog‘istonliklar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini muhokama qilishgan.

Shu hokimlarning har biri Yelbasi sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotni tasdiqlashi mumkin, deya ishontirgan Ukiboy.

Nazarboyevning matbuot-kotibi, barcha cheklovlar olib tashlangach, ishchi uchrashuv yoki birinchi prezident ishtirokidagi ilk majlisdan videoyozuv tayyorlab, bo‘lishishga va’da bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, qat’iy karantin sharoitida Yelbasining ishchi kabinetiga kirish cheklangan.

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 500ga yetgan, vafot etganlar soni 4 kishini tashkil qilmoqda.