Koronavirusning oddiy grippdan asosiy farqi aytildi

Koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqilishi uchun taxminan bir yilcha vaqt talab etiladi. Hozircha esa o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish orqali himoyalanish mumkin, deb hisoblaydi amerikalik olimlar
Sputnik

TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Koronavirus COVID-19 grippdan keskin farq qiladi va o‘ta xavfli, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.

Koronavirus aksirganda qancha masofaga tarqaladi

Sent-Luis (AQSh)dagi Vashington universiteti eksperti Ebigeyl Karlsonning tushuntirishicha, odamlarda vaqt o‘tishi bilan grippga qarshi kollektiv immunitet shakllangan, shu bois, mavsumiy epidemiyalar vaqtida insoniyatning kattagina qismi ushbu kasallik qurboniga aylanmaydi.

"Sizning immun tizimingiz dushman virusni tanib qolib, oldingi infeksiyadan tajribaga ega bo‘lgan holda, antitanachalarni ishlab chiqishi mumkin. Ayrim odamlarga privivka qilinadi", - dedi u.

Los-Anjelesdagi Kaliforniya universiteti mutaxassisi Otto Yangga ko‘ra, koronavirus infeksiyasining oldini olish uchun tayyor vaksina yo‘q, demakki, populyatsiya jiddiy oqibatlarsiz kechmaydi. Olim vaksina yaratilishiga bir yildan ortiq vaqt talab etilishi mumkin, deya taxmin qilmoqda.

Ekspertlar so‘zlariga ko‘ra, ikki kasallikning tashxisida ham farq mavjud. Grippni shifokorlar sinalgan usullar: masalan, burun yoki og‘izdan mazok olish orqali aniqlaydilar.

Yang va Karlson fikricha, COVID-19ni esa hozircha faqatgina izolyatsiya va ijtimoiy masofalanish orqali yengish mumkin.