XVF jahon iqtisodiyoti to‘xtaganini ma’lum qildi

"XVF tarixida jahon iqtisodiyoti to‘xtab qolganini hech qachon ko‘rmaganmiz. Biz retsessiyadamiz, u global iqtisodiy inqirozdan ham ko‘ra ancha yomon", - deb aytgan Georgiyeva matbuot-anjumanida.
Sputnik

TOShKENT, 4 apr - Sputnik. Xalqaro valyuta fondi jahon iqtisodiyoti to‘xtagani haqida bayonot qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Mirziyoyev: birorta ham tadbirkorni o‘z holiga tashlab qo‘ymaymiz

"Jahon iqtisodiyoti deyarli to‘xtadi, holat 2008-2009 yillardagi inqiroz vaqtidagidan ham ancha yomonroq", - deb aytdi Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi-direktori Kristalina Georgiyeva.

"XVF tarixida jahon iqtisodiyoti to‘xtab qolganini hech qachon ko‘rmaganmiz. Biz retsessiyadamiz, u global iqtisodiy inqirozdan ham ko‘ra ancha yomon", - deb aytgan Georgiyeva matbuot-anjumanida.

Georgiyevaning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus oqibatlaridan eng ko‘p rivojlanayotgan davlatlar jabr chekmoqda, sababi ularda "ikkilamchi inqiroz - sog‘liqni saqlash va iqtisodiy inqirozlardan himoyalanish uchun resurslari yetarli emas".

"Fondimizning 75-yillik tarixi davomida hech qachon bunchalar ko‘p davlat shoshilinch moliyalashtirilishga ehtiyoj sezmagan - bizga bir vaqtning o‘zida 85ta davlat murojaat qildi", - deb aytgan Georgiyeva.

Ushbu munosabat bilan XVF o‘zining 1 trln $ hajmidagi zaxirasini ishga solishga va shoshilinch moliyalashtirish hajmini 50 mlrd $dan 100 mlrd $ga oshirishga tayyorligini bildirgan.