COVID-19ni yuqtirganlar soni 3taga oshdi - SSV

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni uchtaga oshib, 266 nafarni tashkil etmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 4 apr - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlar soni 266 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Sal oldin, ko‘rsatkich, 263tani tashkil etganida, bemorlarning 120 nafari erkak, 143 nafari ayollar, 13 nafari voyaga yetmagan bolalar ekanligi xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda COVID-19 infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha zarur profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.