"Dadajon, yo‘qligingizga ishona olmayapman": Lola Yo‘ldosheva otasiga atab ta’sirli post yozdi

Xonanda Lola Yo‘ldosheva o‘z postida otasi Ravshan Yo‘ldoshevning yo‘qligiga ishona olmayotgani haqidagi qalb og‘rig‘ini bayon etgan va marhumni o‘tgan tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan
Sputnik

TOShKENT, 3 apr - Sputnik. O‘zbekistondagi zamonaviy shou-biznes asoschisi Ravshan Yo‘ldoshevning qizi, taniqli xonanda Lola Yo‘ldosheva otasi xotirasiga bag‘ishlab ta’sirli post yozib qoldirdi.

"Dadajon❤️ Mening eng saxiy, eng yaxshi, eng dono, eng sevikli insonim!🙏 Sizni endi boshqa hech qachon ko‘ra olmasligimga, hech qachon Sizdan maslahat so‘ray olmasligimga, hech qachon ovozingizni eshita olmasligimga, uchrashganimizda yuzingizdan ikki marta bo‘sa ololmasligimga, ijod mavzusida Siz bilan bahslasha olmasligimga va navbatdagi ishim uchun Sizdan bosiq maqtov eshita olmasligimga ishonishim qiyin bo‘lyapti...

Dadajon, bilaman, o‘rtamizdagi rishta hech qachon uzilmaydi, faqat endi bu boshqa muloqot bo‘ladi, boshqa energetik darajadagi, men buni bilaman, his qilyapman🙏 Mening vujudimda Sizning nabirangiz, Sizning bir qismingiz bo‘lgan jajjigina qizaloq yurakchasi urmoqda, Alloh uni menga mana shu og‘riqni yengib o‘tish, yangi hayot uchun kurashishimchun in’om etgan... Mening qizim, albatta, o‘z buvasi bilan faxrlanadi, chunki u nafaqat eng saxiy, aqlli va ajoyib inson edi, balki daho darajada ijodkor ham edi. U tarixni yaratdi, O‘zbekistonda zamonaviy estrada musiqasiga asos soldi va bu musiqalarda bir necha avlod o‘sib-ulg‘aydi! Tug‘ilgan kuningiz bilan Dadajon❤️ Sizga muhabbatim cheksiz!🙏😢", - deb yozgan Lola va hamdardlik so‘zlari uchun barchaga minnatdorlik bildirib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, xonandaning otasi Ravshan Yo‘ldoshev 30-mart kuni yurak xurujidan vafot etgan edi.