O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirganlar 205taga yetdi

Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 15 taga oshib, 205 nafarni tashkil etmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 2 apr - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 205 nafarga yetdi, deb xabar berdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Sal oldin O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan va tuzalgan bemorlarning soni 25 nafarga yetgani haqida xabar bergan edik.

o‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning 203 davlatida jami 935 mingdan ziyod nafar bemorlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan, ulardan 194 mingdan ziyodi kasallikdan davolangan. 47 mingdan ziyod inson esa virus qurboniga aylangan.