O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 190taga yetdi

Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 3 taga oshib, 190 nafarni tashkil etmoqda
Sputnik

TOShKENT, 2 apr - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 3 taga oshib, 190 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning 203 davlatida jami 935 mingdan ziyod nafar bemorlarda koronavirus infeksiyasi aniqlangan, ulardan 194 mingdan ziyodi kasallikdan davolangan. 47 mingdan ziyod inson esa virus qurboniga aylangan.

O‘zbekistonda ushbu kasallikdan davolanganlar soni 12 kishini tashkil etmoqda. SSV xabariga ko‘ra, tez orada yana o‘n nafar bemorga javob beriladi.