Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natildi

Afg‘onistonga tibbiy niqoblar, himoya kombinezonlari, teplovizor, pirometrlar, un, yog‘, guruch, xo‘jalik sovuni, bolalari kiyim-kechaklaridan iborat insonparvarlik poyezdi jo‘nab ketdi.
Sputnik

TOShKENT, 2 apr – Sputnik. Kecha O‘zbekiston hukumati tomonidan Afg‘oniston Islom Respublikasiga koronavirus tarqalishining oldini olishga ko‘mak berish maqsadida insonparvarlik yordami jo‘natildi. 

Tibbiy niqoblar, himoya kombinezonlari, kasallikni aniqlashga yordam beradigan teplovizor, pirometrlar, un, yog‘, guruch, xo‘jalik sovuni, shuningdek, afg‘on bolalari uchun kiyim-kechak mahsulotlaridan iborat insonparvarlik poyezdi Angren-Toshkent-Termiz-Mozori-Sharif yo‘nalishi bo‘yicha jo‘nab ketdi, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar O‘zbekiston Koronavirusga qarshi kurashda yordam ko‘rsatish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasiga, Eronga va Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi. UzA xabariga asosan.