Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami yuborildi

Un, oziq-ovqatlar, bir martalik himoya kiyimlari, respiratorlar hamda test-sistemalar ortilgan poyezd Osh shahriga jo‘nab ketdi.
Sputnik

TOShKENT, 2 apr - Sputnik. O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasiga insonparvarlik yordami yuborildi, deb xabar qilmoqda Andijon viloyati hokimligi. 

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi temiryo‘l stansiyasidan ming tonna un, turli oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda foydalaniladigan bir martalik bosh kiyimli himoya kombinzoni, respirator, qo‘lqop, himoya ko‘zoynagi, pirometr hamda test-sistemalar ortilgan poyezd qo‘shni respublikaga jo‘natildi, - deyilgan xabarda.

“O‘zbekiston xalqidan Qirg‘iziston xalqiga insonparvarlik yordami” shiori ostida tashkil etilgan insonparvarlik yordami O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tasarrufidagi “Qo‘rg‘ontepa don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati hamda mamlakatimizdagi farmatsevtika korxonalari hamkorligida amalga oshirildi.

Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami yuborildi

Insonparvarlik yordami ortilgan maxsus eshelon Qirg‘izistonning O‘sh shahriga jo‘nab ketdi.

Qirg‘izistonga insonparvarlik yordami yuborildi