Rossiya AQShga insonparvarlik yordami ortilgan samolyotni jo‘natdi

Rossiya AQShga koronavirusga qarshi kurash maqsadida insonparvarlik yordami ortilgan samolyot jo‘natdi. Chkalov aerodromdan uchib chiqqan samolyotda zarur tibbiy asbob-uskunalar va niqoblar ortilgan.
Sputnik

AQShda 180 mingdan ortiq kishi COVID-19ga chalingan, sal kam 4 ming kishi vafot etdi – faqat Ispaniya va Italiyada o‘lim ko‘rsatkichi yuqori.

Kasalxonalar berdosh bera olmayapti, shifokorlar, tibbiy jihozlar, joylar yetmayapti. Reuters xabariga ko‘ra, AQSh pandemiya tufayli himoya vositalar milliy zaxirasini tugatdi. 

Moskva yordamiga amerikaliklarning munosabati haqida videomizda tomosha qiling.