Xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi qanday ishlaydi?

Xayriya maqsadida jamlangan va xarid qilingan oziq-ovqat va tibbiyot buyumlari Xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlarida jamlanib manzilga yetkazib beriladi.
Sputnik

TOShKENT, 2 apr - Sputnik. O‘zbekistonda maxsus komissiya qaroriga ko‘ra ehtiyojmand shaxslarga xayriya yordamlarini manzilli yetkazilishida ko‘maklashuvchi Homiylik xayriyalarini muvofiqlshtirish markazlari tashkil qilinadi.

Ushbu markazlar tashkil qilishdan asosiy maqsad - koronavirus pandemiyasi davrida xayriya mablag‘larini ehtiyojmand shaxslarga manzilli va tegishli sanitar-gigiyenik talablarga mos ravishda yetkazishdir.

Ana shunday muvofiqlashtirish Markazilaridan birinchisi Toshkent shahridagi Ekspomarkazda ish boshladi. Ayni damda u yerda 50 nafar ko‘ngilli yoshlardan iborat operatorlar 1197 qisqa raqami orqali yordamga muhtoj shaxslar, yordam berishda o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan ko‘ngillilar va xayriya qilishni istovchi fuqarolar ma’lumotlarini qabul qilishni boshlagan.

Markaz qanday ishlaydi

Dastlab, Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi xayriya maqsadida yolg‘iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar (yolg‘iz onalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ishsiz fuqarolar, karantin tufayli doimiy daromaddan ayrilgan shaxslar va h.k.) hamda kam ta’minlangan oilalar ro‘yxati shakllantiriladi.

Xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi qanday ishlaydi?

“Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondida jamlangan xayriya mablag‘lari hisobida markazlashtirilgan tartibda oziq-ovqat, tibbiy vositalar va boshqa kerakli mahsulotlar sotib olinadi.

Shundan so‘ng xayriya qilingan, sotib olingan oziq-ovqat, tibbiy vositalar va h.k.ning sanitar-gigiyenik talablarga muvofiqligini ko‘rikdan o‘tkaziladi, taqsimlanadi va manzilga yetkazilgunga qadar sanitar-gigiyenik talablarga muvofiq saqlanishi ta’minlanadi.

So‘nggi bosqichda jamlangan yordam ehtiyojmand shaxslarga markazlashtirilgan tartibda, davlat transportida yetkazib beriladi. Ko‘ngillilar avtomobillari uchun alohida ruxsatnomalar berilmaydi.

Xayriya belgilangan manzilga yetkazib berilgani haqida hisobot tuziladi. Xayriya qiluvchilarning xayriyalari (ular roziligiga ko‘ra) OAVda yoritiladi.

Xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi qanday ishlaydi?