Karantin vaqtida immunitetni qanday qo‘llab-quvvatlash mumkin?

Yuqumli kasalliklar bo‘yicha shifokor Ilya Akinfiyev Karantin vaqtida immunitetni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalarni berdi.
Sputnik

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Yuqumli kasalliklar bo‘yicha shifokor Ilya Akinfiyev ta’kidlashicha, immunitetni oshiradigan yoki qo‘llab-quvvatlaydigan dorilar faqat kasallikni davolash uchun qo‘llaniladi, dorixonalarda ORVI profiklaktikasi uchun sotilayotgan preparatlar esa – ko‘pincha oddiy marketing.    

Ekspert koronavirusdan immunitet haqida gapirdi

O‘zini izolyatsiya qilish vaqtida immunitetni qo‘llab-quvvatlash uchun xonani muntazam shamollatish zarur. Shuningdek, sog‘lom uyqu, qulay karavot va matras, va to‘g‘ri yorug‘lik bo‘lishi kerak.

Shifokor so‘zlariga ko‘ra, to‘g‘ri ovqatlanish juda muhim: meva va savzavotlarni ko‘proq iste’mol qilish kerak. Shuningdek, jismoniy faollikka rioya qilish kerak, uzoq vaqt divanda uzoq vaqt o‘tishi yoki to‘shakda uzoq vaqt yotishdan saqlanish kerak. Bu surunkali kasalliklarni kuchaytirishi va immunitetni yomonlashtirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 1-aprelidan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida “o‘zini yakkalash” (samo izolyatsiya) hayot tarzi joriy etildi. 65 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qat’iyan man etiladi. Zarurat bo‘lgan taqdirdagina yaqin atrofdagi dorixona, oziq-ovqat va birinchi galdagi tovarlar do‘koniga chiqishga ruxsat etiladi.