Turkiyadan qaytgan Payariq tuman hokimi karantinga olindi

Payariq tuman hokimi karantin e’lon qilinmasidan avval Turkiyada xizmat safarida bo‘lgan. Mamlakatga qaytishi bilan karantinga joylashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Samarqand viloyati Payariq tuman hokimi Dilshod Musinov hozir karatinda. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekistonda 1-apreldan "samoizolyatsiya" hayot tarzi joriy etiladi

Hokim karantin e’lon qilinmasidan avval Turkiyaga xizmat safari bilan ketgan. Mamlakatga qaytishi bilan karantinga joylashtirilgan.

“Bugungi kunda tuman hokimi D.Musinov karantinda bo‘lib, sog‘lig‘ida hech qanday salbiy o‘zgarishlar yo‘q va karantin davri tugagandan so‘ng yaqin kunlarda ish faoliyatini boshlashini ma’lum qilamiz”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining 23-martdagi qaroriga asosan, chet davlatlardan qaytgan fuqarolar 14 kun davomida uyda yoki maxsus belgilangan joyda izolyatsiya sharoitida bo‘lish belgilab qo‘yilgan.