Alisher Usmonov koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga 20 million dollar ajratdi

Alisher Usmonov ajratgan mablag‘lar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "Mehr-shavqat va salomatlik" jamoat fondi hisobiga o‘tkazildi. 
Sputnik

TAShKENT, 1 apr - Sputnik. Alisher Usmonov koronavirusga qarshi kurash uchun O‘zbekistonga 20 million dollar ajratdi. Bu haqida "O‘zbekiston 24" telekanali efirida xabar qilindi. 

"Taniqli biznesmen va metsenat Alisher Usmonov O‘zbekiston prezidenti harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan holda kasalxonani zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash uchun 20 million dollar mablag‘ ajratdi", - deyilgan xabarda. 

Mablag‘lar O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "Mehr-shavqat va salomatlik" jamoat fondi hisob raqamiga o‘tkazilgan. Ushbu pullar hisobidan Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan karantin shifoxonasini kerakli tibbiy uskunalar bilan jihozlash mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Alisher Usmonov Toshkentda o‘zizi o‘zi samoizolyatsiya qilgani haqida xabar bergan edi. Shuningdek biznesmen insoniyat salomatligi uchun barcha davlatlar rahbarlari global xavfsizlik oldida bi rlashishlari kerakligini ta’kidlagan edi.