Yolg‘izlikda jon saqlash – Robinzon Kruzodan nimalarni o‘rgansa bo‘ladi

Robinzon Kruzo kimsasiz orolda yakka o‘zi qanday qilib 28-yil yashay oldi ? Barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishda unga nimalar yordam berdi?
Sputnik

Bugungi karantin va o‘z o‘zini izolyatsiya qilish sharoiti “kimsasiz oroldek” mushkul bo‘lmasa-da barchadan yangi o‘zgargan sharoitlarga ko‘nikishni talab qiladi. Kimdir uy sharoitida ishlashiga, hamkasabalari va do‘stlari bilan muloqotni cheklashiga to‘g‘ri keladi.

Yolg‘izlik va izolyatsiya sharoitida inson nimalarga e’tibor berishi karak? Qanday qilib ushbu davrni samarali va sermazmun o‘tkazish mumkin? Robinzon Kruzoga yolg‘izlikni yengib o‘tishga yordam bergan omillar bilan tanishamiz.

O‘z-o‘zini tartibga solish

Kimsasiz orolda jon saqlash, yegulik topish, o‘zini kerakli buyumlar bilan ta’minlash va ona tilini esidan chiqarib yubormaslik  uchun – Robinzon Kruzo birinchi navbatda o‘z-o‘zini tartibga solish (dissiplina)ga katta e’tibor beradi. Buning uchun u kun tartibi  tuzib oladi va ushbu tartibga doimo amal qiladi. Uning odatiy kun tartibi quyidagilardan iborat edi: ibodat qilish (kitob o‘qish), ovga chiqish, o‘ljalarga ishlov berish va ovqat pirish. Shuningdek Robinzon kundalik taqvim tuzib u yerda o‘tkazgan har bir kunini hisoblab, rejalarini yozib boradi.

Yolg‘izlikda jon saqlash – Robinzon Kruzodan nimalarni o‘rgansa bo‘ladi

Mehnat - baxt keltiradi

O‘z xavfsizligini ta’minlash va kerakli oziq-ovqatlarni topish, buyumlarni yaratish uchun Robinzon tinimsiz mehnat qiladi. Birinchi navbatda u o‘zi uchun qal’a-uy qurib oladi. Kerakli mebel yasash  va hatto kiyim tikishni ham o‘rganib oladi. Shuningdek bir necha dona bug‘doydan ulkan bug‘doyzor, mahalliy jonivorlardan o‘z fermasini yaratadi.

Ushbu ishlarni amalga oshirayotgan vaqtida Robinzon barcha qiyinchiliklarni va yolg‘izlikni unutadi. Amalga oshirilgan ishlar natijasi esa unga ulkan quvonch va baxt olib keladi.

Yolg‘izlikda jon saqlash – Robinzon Kruzodan nimalarni o‘rgansa bo‘ladi

Ulkan qayiq yasash va uni suvga tushirish uchun Robinzon 1-yil vaqt sarflaydi, lekin baribir qayiqni joyidan qimirlata olmaydi. Barcha mehnati zoe ketadi. Shunday bo‘lsada Robinzon qilgan ishidan pushaymon bo‘lmaydi. Chunki u ushbu qayiqni u katta ishtiyoq va orzular bilan yasagan edi. Ushbu ish bilan ovvora bo‘lib o‘tgan vaqt Robinzon uchun haqiqiy baxtli davr edi.

Muloqot yetishmovchiligi

Kimsasiz orolda muloqot yetishmovchiligi Robinzon uchun eng katta muammo bo‘ladi. Uni hal qilish, gapirishni esidan chiqarib yubormaslik uchun u dastlab to‘tiqushni gapirishga o‘rgatadi, keyin yangi orttirgan do‘sti Jumavoyga dastlab ingliz tilini, keyin esa turli madaniyat qoidalarini o‘rgatadi.

Yolg‘izlikda jon saqlash – Robinzon Kruzodan nimalarni o‘rgansa bo‘ladi

Bugungi kunda ushbu tajribadan chet tillarini o‘rganish uchun muvaffaqiyatli foydalansa bo‘ladi. Yovvoyi qabila vakili bo‘lgan Jumavoy qisqa vaqt ichida ingliz tilini o‘rganib olgan ekan – bizning zamondoshlar uchun ham ushbu vazifa amalga oshirsa bo‘ladigan ish. Internet va boshqa texnik vositalar ushbu jarayonni yanada qiziqarliroq va samaraliroq qilishi mumkin.

Kelajakka ishonch va aniq maqsad

Ushbu asarni tahlil qilgan ko‘pchillik adabiyotchilar fikriga ko‘ra, Robinzon Kruzo kimsasiz orolda tirik qolishi uchun eng katta yordam bergan narsa bu – Robinzonning kelajakka umidi bo‘lgan, deb hisoblaydi.

Yolg‘izlikda jon saqlash – Robinzon Kruzodan nimalarni o‘rgansa bo‘ladi

Ushbu so‘nmas umid - kimsasiz orolda o‘tgan 28-yilning har bir kunida Robinzon uchun ushbu oroldan ketishni bir kunga yaqinlashtirgan, qiyinchiliklarni yengib o‘tishga kuch bag‘ishlagan. Barcha qiyinchilik va muvaffaqiyatsizliklarga qaramasdan Robinzon umidini yo‘qotmagan.

Shuningdek Robinzon Angliyaga qaytganidan keyin nima ishlar qilish rejasini ham tuzib qo‘yadi. Ushbu maqsadda u halokatga uchragan kemadan topilgan pullarini ham saqlab qo‘ygan.

Robinzon Kruzo haqida qiziqarli faktlar

Ko‘pchillik Daniyel Defoning 300-yil oldin yozilgan ushbu asarini bolalar adabiyoti deb tushunsa kerak, lekin aslida kitob kattalar uchun sodda tilda yozilgan asar hisoblanadi. Rus tiliga tarjima qilishda (Sovet davrida) Korney Chukovskiy kitob ichidan din bilan bog‘liq joylarini olib tashlagan.

Robinzon Kruzoning haqiqiy prototipi bo‘lgan shotlandiyalik Aleksandr Selkirk ismli dengizchi Tinch okeanidagi Mas-a-Tyerra orolida 4-yil yolg‘iz yashagan. Chilidan 640 km masofada joylashgan ushbu orol hozir Robinzon Kruzo oroli deyiladi.

Robinzon Kruzo qanday ishlarni amalga oshirgan, nimalarga erishgan bo‘lsa-ki – bir funt ham pul xarajat qilmagan. Bu ba’zan jamiyatdan uzoqda yashashning yana bir ijobiy tomoni bo‘lishi mumkin.

Yolg‘izlikda jon saqlash – Robinzon Kruzodan nimalarni o‘rgansa bo‘ladi