TOShKENT, 31 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp dushanba, 30-mart kuni Rossiya COVID-19 pandemiyasi munosati bilan AQShga tibbiyot buyumlari ortilgan samolyot yuborganini ma’lum qildi.
“O‘ylaymanki, oxir-oqibat yanada kuchliroq bo‘lamiz. Biz ko‘p narsani o‘rgandik. Aytishim lozimki, ko‘p davlatlar bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Xitoy bizga ba’zi bir narsalarni jo‘natdi, bu juda ajoyib edi. Rossiya bizga tibbiyot buyumlari to‘ldirilgan juda-juda katta samolyot jo‘natdi, bu yoqimli edi. Boshqa davlatlar bizga ko‘p narsa yuborishdi, men xush yoqadigan tarzda hayron bo‘ldim”, - dedi Amerika yetakchisi Oq uyda koronavirus bo‘yicha matbuot anjumanidagi nutqida.
Biroq Tramp yuborilgan yordamga oid boshqa tafsilotlarni ochiqlamagan.
Rossiya "tibbiy desanti” Italiyaga qanday yordam beradi
Amerika koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra u yerda 164 mingdan ziyod koronavirusning tasdiqlangan holati qayd etilgan. Vafot etganlar soni 3 ming kishiga yaqinlashib qolgan.