Tarona records asoschisi Ravshan Yo‘ldoshev vafot etdi - OAV

Ravshan Yo‘ldoshev 30-mart kuni yurak xurujidan vafot etgan, deb xabar bermoqda mahalliy ommaviy axborot vositalari
Sputnik

TOShKENT, 31 mar - Sputnik. Xonanda Lola Yo‘ldoshevaning otasi, "Tarona Rekords" kompaniyasi asoschisi Ravshan Yo‘ldoshev vafot etdi. Bu haqda mahalliy OAVlarda xabar berilmoqda.

Ravshan Yo‘ldoshev 30-mart kuni yurak xurujidan vafot etgan.

Ravshan Yo‘ldoshev 1961-yili 2-aprel kuni tug‘ilgan. Faoliyati davomida Tarona records leybelini tashkil etib, san’atkorlarni bir joyda birlashtira olgan. Yangi nomlar kashf etilishida hissa qo‘shgan. U to‘rt farzandning otasi bo‘lib, uning birinchi turmushidan ikki qiz bir o‘g‘li, xonanda Shahzoda bilan turmushidan bir nafar o‘g‘li bor.