Putin bilan uchrashgan bosh shifokorda koronavirus aniqlandi

Moskva 40-sonli shahar kasalxonasi bosh shifokori Denis Protsenko COVID-19 yuqtirib oldi. U xizmat xonasida o‘zini izolyatsiyaga oldi.
Sputnik

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Moskva 40-sonli shahar kasalxonasi bosh shifokori Denis Protsenko COVID-19 yuqtirib oldi.

Rossiya koronavirus epidemiyasini uch oyda yengadi - Putin

“Aziz do‘stlar, men haqimda xavotir olishingizdan juda ta’sirlandim. Ha, menda SoVga test ijobiy, lekin men o‘zimni yaxshi his qilyapman. Xizmat xonamda o‘zimni izolyatsiya qildim, masofadan turib ishlash, boshqaruv va teletibbiyot bo‘yicha maslahatlar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud”, - deb yozdi shifokor Facebook’dagi sahifasida.

O‘tgan haftada Kommunarka klinikasiga Vladimir Putin tashrif buyurgandi. Prezident bosh shifokor Protsenko bilan uchrashib, kasalxona xodimlari bilan muloqot qilgandi.

Prezident bosh kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilishicha, prezidentda hammasi joyida, u muntazam ravishda koronavirusga test topshirmoqda.