Ekspert: pandemiya tufayli yuzaga kelgan inqiroz YeOII mustahkamligi sinovi

Agar YeOII o‘zining iqtisodiy maqsadga muvofiqligini aniq qadamlar bilan isbotlay olsa, unda bu birlashmaning kelajagi bor.
Sputnik

Uch mamlakat - Rossiya, Gruziya va Armaniston tashabbusi bilan ochilgan "yashil" yo‘lak, shubhasiz, mavjud iqtisodiy inqirozni yengish yo‘lidagi aniq qadamdir.

Ma’lumot uchun: Gruziya harbiy yo‘li Armanistonni Rossiya bilan bog‘laydigan yagona quruqlik yo‘li bo‘lib qolmoqda. Umuman olganda, "Yuqori Lars" nazorat-o‘tkazish punktiga muqobil sakkizta yo‘nalish mavjud, ulardan ikkitasi Eron orqali havo yo‘li, temir yo‘l va to‘rtta avtomobil yo‘llari mavjud. Biroq, quruqlikdagi yo‘llar siyosiy sabablarga ko‘ra yopiq.

Ekspert: pandemiya tufayli yuzaga kelgan inqiroz YeOII mustahkamligi sinovi

Sputnik Armanistonga bergan intervyusida siyosatshunoslik fanlari nomzodi, MGIK tarix kafedrasi dotsenti Artur Atayev Gruziya temir yo‘lining arman yuk tashuvchilariga Batumi, Poti va Tbilisidan Armaniston va Markaziy Osiyoga konteyner tranzitini amalga oshirish taklifi nima bilan qiziqtirishi mumkinligi haqida gapirdi.

Koronavirusga qaramay tovarlarning harakati davom etmoqda. Bu iqtisodiy jihatdan ushbu yo‘l muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda.

Gruziya kompaniyasi ushbu xizmatlar raqobatbardosh narxlarda taqdim etilishini ta’kidladi.

Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, YeOII YeIdan ko‘ra jozibaliroqdir. Chunki ikkinchisi ko‘proq juda ko‘rko‘rona loyiha bo‘lib, real sharoitda uning muvaffaqiyatsizligini ko‘rsatdi.

YeOII O‘zbekiston kabi davlatlar uchun jozibalidir, deb hisoblaydi ekspert.

Qirg‘izistondan poyezdlar O‘zbekiston orqali Gruziyaga yuk tashishni boshladi

"O‘zbekiston parlamentining quyi palatasi YeOII qo‘shilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Biz Kavkaz iqtisodiy mintaqasidagi real iqtisodiy sur’atlar boshqa mintaqada, xususan, Markaziy Osiyoda iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish uchun qanday imkoniyatlar yaratayotganini ko‘rib turibmiz."

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha  O‘zbekistonning eksport mahsulotlari joylashtirilgan konteyner poyezdi "Boku-Tbilisi-Kars" transkavkaz yo‘lagi orqali Turkiyaga jo‘natildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik kompaniyasi bunday yuklarni har hafta Rossiya, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Xitoy va boshqa mamlakatlarga tashish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan.

Ekspert: pandemiya tufayli yuzaga kelgan inqiroz YeOII mustahkamligi sinovi