Tokio Olimpiadasining yangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Koronavirus sabab joriy yil Tokio shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari bir yilga surilgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Tokio shahrida o‘tkaziladigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlari 2021-yil 23-iyulda boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar qildi.

Qaror Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining tashkiliy qo‘mitasi bilan birgalikda qabul qilingan.

“Rasmiy e’longa ko‘ra, kelasi yil o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari 1 kunga o‘zgardi va 23-iyul – 8-avgust kunlariga belgilandi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz,Olimpiya o‘yinlari shu yilning 24-iyulidan 9-avgustiga qadar o‘tishi belgilangan edi. Biroq koronavirus pandemiyasi sabab u bir yil ortga surilgan edi.