Maxsus karantin zonadan fotoreportaj

Sputnik

Karantin majmuasi bir necha ming maxsus jihozlangan konteynerlardan iborat, hudud 10 ming nafargacha fuqarolarni qabul qilishi mumkin.

Fuqarolar vatanga qaytganda majburiy ikki haftalik karantindan o‘tishlari zarur. Sakkiz kun ichida quruvchilar bir yarim ming o‘zbekistonliklarni qabul qilish uchun joylarni tayyorlashdi.   

Qurilish maydonida 3 mingdan ortiq quruvchi mehnat qilmoqda, 200 ta texnika jalb qilingan.

Ayni vaqtda mutaxassislar maxsus karantin lagerining uchinchi bosqich qurilish bosqichiga kirishdilar. Ishlar yakunlangandan so‘ng hudud to‘liq o‘rab olinadi.

Karantin zonada fuqarolarni vaqtincha joylashtirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Har bir boks 4 kishi yashashiga mo‘ljallangan. Blok karavot, stol, shkaf, hojatxona va dush, shuningdek, televizor va kondioner bilan jihozlangan. Fuqarolarga ovqat bir martalik idishlarda yetkazib berilmoqda.   

Karantin hududda har 500 kishiga 30 navbatchi shifokor va 20 ta’minlov xizmati xodimlari ko‘zda tutilgan. Bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Lagerga qurilish va maxsus zona ta’minoti ishlarida yordam berish maqsadida mahalliy aholi ham kelmoqda.

“Qiyin paytda biz bir-birimizga yaqinroq bo‘lishimiz kerak. Bu joy mening aka va opa-singillarim uchun tayyorlanmoqda, demak men chetda qolishim kerak emas”, - deydi ishchilardan biri Sputnik muxbiriga.

Bunday karantin zonalar O‘zbekiston boshqa viloyatlarida ham qurilmoqda.

Karantin hududning ko‘rinishi va bu muhim qurilishda kim mehnat qilmoqda – bu haqda Sputnik O‘zbekiston fotojamlanmasida ko‘rishingiz mumkin.

1 / 16
Toshkent viloyati O‘rtasaroy tumanida xorijlan kelgan fuqarolar uchun karantin hudud tashkil qilinmoqda.
2 / 16
Karantin majmuasi bir necha ming maxsus jihozlangan konteynerlardan iborat, hudud 10 mingacha fuqarolarni qabul qilishi mumkin.
3 / 16
Hudud 10 ming kishini qabul qilishi mumkin.
4 / 16
Fuqarolar vatanga qaytganda majburiy ikki haftalik karantindan o‘tishlari zarur. Sakkiz kun ichida quruvchilar bir yarim ming o‘zbekistonliklarni qabul qilish uchun joylarni tayyorlashdi.
5 / 16
Sakkiz kun ichida quruvchilar bir yarim ming o‘zbekistonliklarni qabul qilish uchun joylarni tayyorlashdi.
6 / 16
Qurilish maydonida 3 mingdan ortiq quruvchi mehnat qilmoqda
7 / 16
Qurilish maydonida 3 mingdan ortiq quruvchi mehnat qilmoqda
8 / 16
Karantin zonada fuqarolarni vaqtincha joylashtirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Har bir boks 4 kishi yashashiga mo‘ljallangan.
9 / 16
Blok karavot, stol, shkaf, hojatxona va dush, shuningdek, televizor va kondioner bilan jihozlangan.
10 / 16
Ayni vaqtda mutaxassislar maxsus karantin lagerining uchinchi bosqich qurilish bosqichiga kirishdilar.
11 / 16
Qurilish maydonida 200 ta texnika jalb qilingan.
12 / 16
Karantin hududda har 500 kishiga 30 navbatchi shifokor va 20 ta’minlov xizmat xodimlari ko‘zda tutilgan.
13 / 16
Karantin hududda har 500 kishiga 30 navbatchi shifokor va 20 ta’minlov xizmat xodimlari ko‘zda tutilgan.
14 / 16
Karantin hududda har 500 kishiga 30 navbatchi shifokor va 20 ta’minlov xizmat xodimlari ko‘zda tutilgan.
15 / 16
Qurilish maydonida 3 mingdan ortiq quruvchi mehnat qilmoqda, 200 texnika jalb qilingan.
16 / 16
Qurilish ishlar yakunlangandan so‘ng hudud to‘liq o‘rab olinadi.