Koronavirusga chalingan uch bemorning ahvoli og‘ir - video

Ayni damda koronavirusga chalingan va karantin holatida bo‘lgan yana 3 nafar bemordan 1 nafarining ahvoli og‘ir, ikki nafarining ahvoli esa nisbatan og‘ir ekanligi aytilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Joriy yilning 30-mart kunida tarqalgan xabarlarda ayni damda koronavirusga chalingan yana 3 nafar bemorning ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda.  

Ayni damda koronavirusga chalingan va karantin holatida bo‘lgan yana 3 nafar bemordan 1 nafarining ahvoli og‘ir, ikki nafarining ahvoli esa nisbatan og‘ir ekanligi aytilmoqda.

Davolanayotgan bemorlarning 20 nafarida pnevmoniya holati kuzatilayotgani ma’lum qilinmoqda.

Avvalroq, Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1 taga oshib, 145 nafarni tashkil etayotgani, ushbu infeksiyaning ikkinchi vafot etgan marhum bilan muloqotda bo‘lgan jiyanida aniqlangani haqida aytildi

Hozirda ushbu bemor Qarshi shahrida joylashgan Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda va uning holati o‘rta og‘ir darajada.

Shuningdek, bemor bilan muloqotda bo‘lgan yaqinlari va boshqa fuqarolar salomatligi ham qat’iy nazoratga olingan.