Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonga 20 tonnalik insonparvarlik yordamini yubordi

Xabarda yozilishicha, ular bir martalik steril tibbiy qo‘lqoplar, himoya ko‘zoynaklari, yuz uchun filtrlovchi niqoblar va tana haroratini o‘lchovchi teplovizorlardan iborat.
Sputnik

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Xitoyning “Norinko”, “Viyek Tochmash”, “Xaytera”, “Poli Texnolodji” va boshqa mudofaa sanoati kompaniyalari O‘zbekistonga 20 tonna tibbiy buyumlarni insonparvarlik yordami sifatida yubordi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Mazkur insonparvarlik yordami Mudofaa vazirligining maxsus havo laynerida O‘zbekistonga olib kelindi.

Xabarda yozilishicha, ular bir martalik steril tibbiy qo‘lqoplar, himoya ko‘zoynaklari, yuz uchun filtrlovchi niqoblar va tana haroratini o‘lchovchi teplovizorlardan iborat.

Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonga 20 tonnalik insonparvarlik yordamini yubordi

Bu tibbiyot buyumlari 30-mart kunidan boshlab respublikada karantin rejimini ta’minlashga jalb qilingan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar, tibbiyot xodimlari, shuningdek, ularga ehtiyoji bor boshqa shaxslarga tarqatilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Xitoyga 40 tonnalik insonparvarlik yordamini yubordi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari hukumati O‘zbekistonga 8 tonnalik insonparvarlik yordamini jo‘natgani hamda xitoylik milliarder, Alibaba Group asoschisi Jek Ma va uning xayriya fondi O‘zbekistonga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda yordam berishi xabar qilingan edi.