Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 milliondan mukofot beriladi

Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75-yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari moddiy rag‘batlantiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 30 mar - Sputnik. Prezident farmoni bilan 2 jahon urushi qatnashchilariga moddiy mukofot ajratiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining 30-mart kuni imzolangan xabarida ma’lum qilingan. 

Qarorda aytilishicha, mamlakatda 9-may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi hamda fashizm ustidan qozonilgan  g‘alabaning 75-yilligining nishonlanishi munosabati bilan 2 jahon urush qatnashchilari va nogironlariga 10 000 000 so‘m miqdorida pul mukofoti beriladi.

Mukofot puli respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilib, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, IIV, Davlat xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi, Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda topshiriladi.