O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 144 nafarga yetdi

Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 11 taga oshib, 144 nafarni tashkil etmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 11 taga oshdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

“Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 11 taga oshib, 144 nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan xabarda.

Barcha bemorlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, belgilangan standartlar asosida davolanmoqda.

JSST 11-mart kuni yangi turdagi koronavirus COVID-19 tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda virusni yuqtirganlar soni 670 mingdan ziyod kishini tashkil qilmoqda, 30 mingdan ziyod kishi vafot etgan. 145 686 kishi tuzalib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 7 bemor koronavirusdan butunlay sog‘ayib ketgani xabar qilingan edi.