TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 7 kishi koronavirusdan to‘liq tuzaldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
“Quvonarli jihati, fidoyi va vatanparvar shifokorlarimiz sa’y-harakati tufayli yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarimizning dastlabki 7 nafari butunlay sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa mas’ullar tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya tibbiyot markaziga kuzatib qo‘yildi. Kasallikdan xalos bo‘lgan fuqarolarimiz ma’lum muddat shu yerda karantinda bo‘lishadi. ”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 29 taga oshib, 133 taga yetgani xabar qilingan edi.