Samarqandda aholi orasida vahima tarqatmoqchi bo‘lgan shaxs bir oyga qamaldi

Fuqaro “Paxtachi tumani Toma mahallasida yashovchi O. ismli shaxs koronavirusga chalinib, ko‘p miqdorda aroq ichib bugun vafot etganligi aytilmoqda” degan yolg‘on ma’lumotni tarqatgan.
Sputnik

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Samarqandda aholi orasida vaxima tarqatmoqchi bo‘lgan shaxsga 30 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, viloyatning Paxtachi tumanida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan A.Sh. 2020-yil 25-mart kuni soat marhum mahalladoshi ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilganligi oqibatida vafot etganligini eshitgan. Keyin bir nechta telegram kanallariga uning koronavirusga chalinib, ko‘p aroq ichib vafot etgani haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan.

Endi 10-yilgacha: karantin qoidasini buzganlik uchun jazo kuchaytirildi

Paxtachi tuman Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi tomonidan ushbu fuqaroga O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 205-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilganligi uchun 30 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 244-5-modda bilan to‘ldirildi. Unga ko‘ra, karantin davrida inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish BHMning 200 baravarigacha (44, 600 mln so‘m) jarima jazosiga tortishga, 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari va 2-yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolashga sabab bo‘ladi. Shuningdek, ushbu harakatlarni sodir etgan shaxs 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 2-yildan 3-yilgacha axloq tuzatish ishlari, 3-yilgacha ozodlikni cheklash va 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.