Moskvada bir sutkada koronavirus bilan bog‘liq 197 ta holat qayd etildi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya bo‘ylab koronavirus aniqlanganlar soni 1534 kishini tashkil qilmoqda. Shulardan 1014 tasi Moskvada aniqlangan.
Sputnik

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Moskvada koronavirus bilan kasallanganlar soni 1014 kishiga yetdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Rossiya koronavirus epidemiyasini uch oyda yengadi - Putin

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi bir sutkada Rossiya poytaxtida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq 197 ta yangi holat tasdiqlangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya bo‘ylab koronavirus aniqlanganlar soni 1534 kishini tashkil qilmoqda. 64 nafar bemor tuzalib ketgan. 8 kishi ushbu kasallikdan vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus epidemiyasining tarqalishini oldini olish, aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda 30-martdan 3-aprelga qadar maoshlarni saqlab qolgan holda dam olish kunlari deb e’lon qilgan edi.