Avtomobilda harakatlanish uchun maxsus ruxsatnomani qayerdan olsa bo‘ladi – ro‘yxat

O‘zbekistonda avtotransportda harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma beradigan Davlat xizmatlari markazlari telefon raqamlari e’lon qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Adliya vazirligi O‘zbekistonda avtotransportda harakatlanish uchun maxsus ruxsatnoma beradigan Davlat xizmatlari markazlari telefon raqamlarini e’lon qildi.

Maxsus ruxsatnoma Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladi. Maxsus ruxsatnomalar berish tizimi joriy yilning 29-mart soat 09:00 dan amaliyotga joriy etiladi.

Maxsus ruxsatnoma Markazga tashrif buyurishdan oldin, markazga oldindan telefon qilib, ma’lumotlar operator tomonidan to‘ldirilganidan so‘ng qabul qilinadi.

O‘zbekistonda shaxsiy avtomobillarda harakatlanish cheklandi

Toshkent shahri:

1. Bektemir tumani  (71) 231-84-56; 2. Mirzo Ulug‘bek tumani  (71) 262-04-70; 3. Mirobod tumani  (71) 233-13-47; 4. Olmazor tumani  (71) 231-71-36; 5. Sergeli tumani  (71) 230-08-84; 6. Uchtepa tumani  (71) 217-47-82; 7. Chilonzor tumani  (71) 203-60-16; 8. Shayxontohur tumani  (71) 231-12-75; 9. Yunusobod tumani  (71) 235-41-42; 10. Yakkasaroy tumani  (71) 231-88-12; 11. Yashnobod tumani  (71) 231-19-34.

Qoraqalpog‘iston va viloyatlardagi: Nurafshon shahri (70) 762-63-47; Andijon shahri (74) 223-03-03, (74) 223-00-30; Buxoro shahri (65) 223-21-45; Navoiy shahri (79) 210-11-48; Namangan shahri (69) 227-00-32, (69) 227-00-31; Jizzax shahri  (72) 226-33-23, (72) 226-33-22; Guliston shahri  (67) 225 83 41, (67) 225 28 22; Samarqand shahri  (66) 237-70-39; Farg‘ona shahri  (73) 241-85-49; Urgan shahri  (62) 224-75-62, (62) 224-73-47; Nukus shahri  (61) 222-70-35, (61) 222-70-96; Qarshi shahri  (91) 4730030, (91) 6357201, Termiz shahri  (76) 225-19-08.

Ta’kidlanishicha, birinchi navbatda oziq ovqat va dori-darmon tashuvchi yuridik shaxslarning, keyin esa jismoniy shaxslarning arizalari qabul qilinadi.

Shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish qatiyan man etiladi va tartib buzilgan holatlarda qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 30-martdan 20-aprelga qadar shaxsiy manfaat yo‘lida avtomobildan foydalanish qat’iyan man etilayotgani xabar qilingan edi.