O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni birdan 16taga oshdi

Shu soatgacha mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 104 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, oxirgi kun davomida 1 nafar bemor (erkak)da o‘lim holati qayd etildi.
Sputnik

TOShKENT, 28 mar - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 16 taga oshib, 104 nafarni tashkil etmoqda.

Toshkent koronavirusga qarshi kurashayotganlarni fleshmob bilan olqishladi

Ularning 6 nafari 26-mart kuni Moskva–Toshkent charter reysi orqali olib kelingan va karantinga olinganlar, 7 nafari ham 26-mart kuni Istanbul–Toshkent charter reysi orqali olib kelingan va karantinga olinganlar orasidan hamda 3 nafari bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasidan aniqlangan.

Shuningdek, oxirgi kun davomida 1 nafar bemor (erkak)da o‘lim holati qayd etilgan.

Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi koronavirus COVID-19 tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. BSST so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha virusni yuqtirganlar soni 509 mingni tashkil qilmoqda, 23 mingdan ziyod kishi vafot etgan.