Toshkentda 1-apreldan isitish tizimi o‘chiriladi

Issiq suv ta’minoti o‘chirilmaydi hamda uzluksiz va sifatli ta’minlanishiga barcha choralar ko‘riladi, deb qo‘shimcha qilinadi xabarda
Sputnik

TOShKENT, 28 mar - Sputnik. Joriy yilning 1-aprelidan Toshkent shahrida isitish tizimini o‘chirish boshlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

"Joriy yilning 1-aprel kunidan boshlab havo haroratining ko‘tarilishi munosabati bilan Toshkent shahrida isitish tizimini reja asosida navbatma-navbat o‘chirish buyicha ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz", - deyiladi xabarda.

Issiq suv ta’minoti o‘chirilmaydi hamda uzluksiz va sifatli ta’minlanishiga barcha choralar ko‘riladi, deb qo‘shimcha qilinadi xabarda.