Milliy gvardiya va IIV xodimlari Toshkent ko‘chalarini dezinfeksiya qilishga kirishdi

Ro‘chalar, odamlar gavjum bo‘ladigan jamoat joylari, savdo markazlari hamda poytaxtga kirish va chiqish postlarida dezinfeksiya ishlarini amalga oshirishga kirishildi
Sputnik

TOShKENT, 28 mar - Sputnik. O‘zbekiston Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa hamkor vazirlik va tashkilotlar 

O‘zbekiston shifokorlari koronavirusga qarshi kurashda yordam bermoqchi

COVID-19 tarqalishi xavfi tufayli 28-mart kunidan e’tiboran Toshkent ko‘chalarini dezinfeksiya qilishga kirishdi.

"...koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Milliy gvardiya bo‘limalari maxsus texnikalarini jalb qilgan holda Toshkent shahri bo‘ylab – ko‘chalar, odamlar gavjum bo‘ladigan jamoat joylari, savdo markazlari, davlat idoralari va tashkilotlari atrofi hamda poytaxtga kirish va chiqish postlarida dezinfeksiya ishlarini amalga oshirishga kirishdilar", - deyiladi xabarda.

Milliy gvardiya va IIV xodimlari Toshkent ko‘chalarini dezinfeksiya qilishga kirishdi

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 104 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, hozirda epidemiologik holatni inobatga olgan holda, fuqarolar o‘zaro muloqot chog‘ida ikki metr masafo saqlashi shart etib belgilangan. Ko‘chada va jamoat joylarida 3 kishidan ortiq odamlarning to‘planishiga cheklov o‘rnatiladi. Bu ta’qiq bir vaqtda harakatlanayotgan oilaga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Respublika hududidagi barcha ko‘ngilochar obyektlar, shu jumladan restoran, kafe, oshxona, choyxona, singari tadbirkorlik subyektlari (uyga yetkazib berish xizmati bundan mustasno) mamlakatdagi epidemiologik holat barqarorlashmaguniga qadar faoliyatini to‘xtatmay, davom ettirayotgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan keskin jazo choralari ko‘rilmoqda.