Chin yurakdan: O‘zbekiston xalqi COVID-19ga qarshi kurashayotganlarga minnatdorlik bildirdi

O‘zbekistonda 27-mart kuni kunni kun, tunni tun demay, hatto ovqatlanishni ham unutib, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashayotganlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga minnatdorlik ramzi sifatida ommaviy fleshmob o‘tkazildi.
Sputnik

O‘zbekistonliklar 22.00da o‘z balkonlariga chiqib, ba’zilari derazalarini ochgan holda chapak chalgancha - shifokorlar, IIV xodimlari va harbiylarga - ya’ni koronavirusga qarshi kurashda qahramonlik ko‘rsatayotgan insonlarni olqishladilar.

Mamlakatda hozirda karantin tartibi joriy etilgan. Fuqarolar faqat oziq-ovqat yoki dori vositalarini xarid qilish uchungina uyni tark eta oladi. Ko‘chaga faqat himoya niqoblarida chiqish mumkin.

28 mart kuni ertalab mamlakatda koronavirusga chalinish bo‘yicha 104ta holat qayd etilgan, ikki bemor vafot etgan.

Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 509 mingdan oshib ketdi, 23 mingdan ziyod bemorlar vafot etgan.