TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Joriy yil 27-mart kuni soat 10:00 dan boshlab viloyatlararo yo‘nalishlarda barcha turdagi avtotransport vositalarining harakatlanishi butunlay to‘xtatildi.
Mazkur cheklov mamlakatda koronavirus infeksiyasining keng miqiyosda tarqalishining oldini olish maqsadida o‘rnatilmoqda.
Cheklov chorasi yuk tashuvlari bilan shug‘ullanayotgan avtotransport vositalari va ularning haydovchilariga nisbatan tadbiq etilmaydi.
Biroq yuk avtotransport vositalarida hujjatlarda qayd etilmagan shaxslarning harakatlanishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi.