O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni birdan 10taga oshdi

Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 10taga oshib, 75 nafarni tashkil etmoqda
Sputnik

TOShKENT, 26 mar - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan bemorlanganlar soni 10taga oshib, 75 nafarni tashkil etmoqda.

Sal oldin O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlarning 11 nafari shifokorlar ekanligi haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi turdagi COVID-19 koronavirusi tarqalishini pandemiya, deb e’lon qilgan edi. Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusni yuqtirganlik bilan bog‘liq 500 mingta holat qayd etilgan, 22 mingdan ziyod kishi vafot etgan.