Toshkent koronavirusga qarshi kurashayotganlarni fleshmob bilan olqishladi

Toshkent vaqti bilan 22:00da shahar aholisining aksariyati o‘z derazalaridan qarab, shifokorlar, prezident, Milliy gvardiya va koronavirusga qarshi kurashda yordam berayotgan barcha odamlarni olqishladi.
Sputnik

TOShKENT, 27 mar - Sputnik. Bugun, 27-mart kuni O‘zbekiston xalqi antiqa fleshmob o‘tkazdi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 88 nafarga yetdi

Toshkent vaqti bilan 22:00da shahar aholisining aksariyati o‘z derazalaridan qarab, shifokorlar, prezident, Milliy gvardiya va koronavirusga qarshi kurashda yordam berayotgan barcha odamlarni olqishladi.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin ijtimoiy tarmoqlarda "Shifokorlarga rahmat" fleshmobi ommalashdi.

Bunda internet foydalanuvchilari koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli odamlarning qanchalik saxovatpeshaligi va mehribonligi, ayniqsa, shunday murakkab vaqtda shifokorlar haqiqiy qahramonlik namoyish qilib, o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yib o‘zgalarning hayotini saqlab qolish uchun kurashayotganliklari e’tirof etdilar.

Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlarini maxsus rag‘batlantirish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi.